2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati
NAMANGAN VILOYATI: “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” ochiq muloqot ruhida o‘tdi
  • 05.03.2026
  • 11

Bugun, 2026-yil 5-mart kuni “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialida yosh xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jamoada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida filialda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilib, unda yosh mutaxassislarning taklif va tashabbuslarini tinglash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yoshlar bilan rahbariyat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Uchrashuv davomida Filial bosh muhandisi Baxtiyor Negmatullayevga ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoitlari, kasbiy malakani oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘plab savollar berildi. Yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil va atroflicha javoblar olishdi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tashabbuslari va kelgusidagi rejalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Bunday uchrashuvlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarning faolligini oshirish hamda ularning tashkilot rivojiga qo‘shayotgan hissasini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot