2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati
«Rahbar va yoshlar» uchrashuvining navbatdagi tadbiri Andijonda o‘tkazildi
  • 05.03.2026
  • 45

 Bugun, 2026-yil 5-mart sanasida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirovning navbatdagi «Rahbar va yoshlar formatidagi uchrashuvi andijonlik yosh muhandis kadrlar ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga 20 dan ziyod turli yo‘nalishlarga doir savol va takliflar berildi. Yosh muhandislar o‘zlarini qiziqtirgan mavsularga oid savol-taklifiga batafsil javob oldilar. 

Misol uchun, mamlakatimizdagi elektr energetika tarmog‘ning generatsiya quvvatlari, magistarl elektr tarmoqlari va podstansiyalarga oid modernizatsiya-rekonstruksiya loyihalari, qurilish-montaj, mavjud tarmoqlarni yangi ishlanmalar asosida rivojlantirish, situatsion tahlil boshqarmasi va tezkor xodimlarning faoliyati, uchrashuvda qayta tilkanuvchi energiya manbalariga oid masalalar qizg‘in muhokama etildi.

Esatib o‘tamiz, Prezidentimizning 2026-yil 26-fevral kunidagi yigʻilishida har payshanba "Yoshlar kuni" kuni deb eʼlon qilingan edi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot