2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Surxondaryo viloyati: Ramazon – saxovat va mehr-muruvvat oyi
  • 05.03.2026
  • 17

 Ramazon – saxovat va mehr-muruvvat oyi

Muqaddas Ramazon oyida “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali rahbariyati hamda kasaba uyushmasining tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan va kam taʼminlangan ishchi-xodimlarning oila aʼzolarini holidan xabar olindi.

Shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan ehtiyojmand xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Ushbu xayrli tashabbus Ramazon oyining eng ulug‘ fazilatlari — mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlikni yana bir bor namoyon etdi.

Ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xodimlar hamda ularning oila a’zolariga samimiy quvonch ulashib, jamoada o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini yanada mustahkamladi.

Ramazon oyining fayzi va barakasi har bir xonadonga tinchlik, sog‘lik va farovonlik olib kelsin. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️ «NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/NavoiyMET_Axborot