2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli “Qaraqash” podstansiyasida profilaktik ishlar amalga oshirildi
  • 04.03.2026
  • 23

 “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/10 kV kuchlanishli “Qaraqash” podstansiyasida tasdiqlangan reja asosida navbatdagi profilaktik tadbirlar bajarildi.

Texnik profilaktik ishlari davomida yuqori kuchlanishli uskunalar, o‘chirgichlar, ajratgichlar hamda releli himoya va avtomatika qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, podstansiya jihozlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Mazkur ishlar elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot