

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisining 2025-yil 21-iyuldagi 07-15-18-sonli topshirig‘iga asosan, joriy yilning I choragida vazirlik va idoralarda ijro intizomini yana-da mustahkamlash, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxasislarning malakasini oshirish maqsadida iqtisodiy o‘qishlar tashkil etish belgilangan.
Bugun, 2026-yil 25-fevral sanasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari F.M.Qurbonov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan ishchi tartibdagi yig‘ilish — Iqtisodiy o‘qish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Feruz Mustafoyevichning taʼkidlashicha, 2026-yil uchun tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohot dasturlarining ijro holati “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari huzuridagi har kungi yig‘ilishlarda muhokama qilib, o‘ziga xos monitoring va tahlillar olib borilmoqda. Shuningdek, “edo.ijro.uz” tizimida Aksiyadorlik jamiyatiga taalluqli har bir topshiriq ijro uchun qabul qilinib, uning yechimi atroflicha tahlil qilinayotgani alohida e’tirof etildi.
Iqtisodiy o‘qish davomida belgilangan strategik maqsadlardan kelib chiqib, Aksiyadorlik jamiyati rahbar va xodimlarining masʼuliyatini keskin oshirish maqsadida yig‘ilish quyidagicha qaror qabul qildi:
1️⃣ Prezident Murojaatnomasida belgilangan energetika sohasiga oid vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish — barcha rahbar va xodimlar uchun ustuvor vazifa etib hisoblansin;
2️⃣ Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, resurslardan samarali foydalanish va tejamkorlikni ta’minlash doimiy nazoratga olinsin;
3️⃣ Moliyaviy intizomni kuchaytirish, har bir хarajat va loyiha bo‘yicha aniq hisob-kitob bilan ish olib borilsin;
4️⃣ Joriy yilda quyidagi ishlarning amalga oshirilishi taʼminlansin:
► 81,0 mlrd kVt∙soat elektr energiyasining transportirovka qilinishi, 8,9 mln dollarlik tranzit xizmati amalga oshirilishi;
► 36877 kilometr tarmoqlarda rejali, navbatdan tashqari va davriy ko‘riklar o‘tkazishi, 10000 ta izolyator hamda 4 000 ta qush qo‘nishidan himoya moslamalarining o‘rnatilishi;
► barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 664,4 mln dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi;
► elektr qurilmalarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida 2104 km 35-500 kV elektr uzatish tarmoqlari, 62 dona transformator va 264 dona o‘chirgich mukammal hamda 2758 dona transformator, 3958 ta kommutatsion apparatlar, 21414 km 35-500 kV tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari to‘liq amalga oshirilishi;
► “Resurslarni samarali boshqarish” (ERP) tizimining ishga tushirilishi;
► Jamiyatning elektr energiyasini transportirovka qilish xizmati tarifini yangi ishlab chiqilgan RAB uslubida hisoblash;
► jarohatlanishning oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ijrosining taʼminlanishi;
► rejalashtirilgan barcha turdagi tovar-moddiy boyliklarning (ishlar, xizmatlar) o‘z vaqtida, sifatli va narxlarni tahlil qilgan holda xarid qilinishining taʼminlanishi hamda mahalliy mahsulotlar ulushining 85 foizga yetkazilishi.
5️⃣ Jamiyat va uning filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli ko‘rinishdagi korrupsiyaviy xatti-harakatlarning oldi olinsin;
6️⃣ Har bir rahbar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.
▶️ Batafsil
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati