2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
“ENERGO-IТ” filiali suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 18.02.2026
  • 17

Bo‘sh ish o‘rni: “ENERGO-IТ” filiali Dasturiy ta’minotni ishlatish, qo‘llab-quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatining muhandis lavozimi.

TALABLAR:

1. Ma’lumoti: Oliy texnik;

2. Ish tajribasi va staji: muhandis dasturchi sifatida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;

3. Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni mukammal bilishi;

4. Qo‘yidagi bilimga ega bo‘lish zarur:

· Dasturlash usullari va axborotni qayta ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tartibga soluvchi materiallar;

· Texnik va ekspluatatsion xarakteristikalar, konstruktiv xususiyatlar, jihozlarning qo‘llash usullari va ishlash rejimlari, axborotni mexanizatsiyalashtirish, qayta ishlash texnologiyasi;

· Axborotni tasniflash va kodlash usullari;

· Rasmiylashtirilgan dasturlash tillari;

· Amaldagi standartlar, sanoq tizimlari, shifrlar va kodlar;

· Matematik va mantiqiy tahlil usullari;

· Dasturlash usullari;

· Texnik hujjatlarni tayyorlash tartibi;

· Dasturlash va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion tajriba;

· EXCEL va WORD hujjatlarini yaratish va qayta ishlash vositalari;

· VISUAL BASIC FOR APPLICATIONS dasturlash vositalari haqida umumiy bilim;

· ACCESS kabi relyatsion maʼlumotlar bazalarining asoslari. SQL tuzilmaviy so‘rovlar tili. SQL SERVER yoki MySQL maʼlumotlarga kirish va ularni himoya qilish usullari;

· REBUS, FOXBASE, CLIPPER 5.01 yoki FOX PRO tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

5. Asosiy vazifalar:

Ø  Matematik modellar va algoritmlarni tahlil qilish asosida muammoning yechimini amalga oshiradigan dasturlarni ishlab chiqish.

Ø  Amalga oshirilgan dasturlar va dasturiy taʼminotni takomillashtirish.

Ø  Dasturlashni avtomatlashtirish usullari va vositalarini, hamda standart dasturiy vositalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ø  Yechilayotgan masala bo‘yicha axborotni o‘rganish va tahlil qilish, uning mohiyatini shakllantirish va matematik tavsif berish.

Ø  Umumiy dastur tarkibiga kiruvchi dastur va kichik dasturlar uchun texnik shartlar va topshiriqlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.

Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-66-65.

Elektron pochta: energoit@uzbekistonmet.uz

YARATILGAN SHAROITLAR:

· O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

· Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

· Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

«O‘zbekiston MЭT» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati