

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 2025-yilda bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot maʼlumotnomasi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufida jami 216 dona 220/110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyalar hamda umumiy uzunligi 3 067,046 km bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari mavjud.
PODSTANSIYALAR SONI:
Jami – 216 dona, shundan:
• 220 kV kuchlanishli – 3 ta podstansiyada 7 dona transformator, umumiy quvvati 1500 MVA;
• 110 kV kuchlanishli – 115 ta podstansiyada 186 dona transformator, umumiy quvvati 2496,1 MVA;
• 35 kV kuchlanishli – 98 ta podstansiyada 143 dona transformator, umumiy quvvati 539,0 MVA.
Jami quvvat o‘tkazish imkoniyati – 4535,1 MVA.
ELEKTR UZATISH HAVO TARMOQLARI:
Umumiy uzunligi – 3 067,046 km, shundan:
• 500 kV kuchlanishli – 58,686 km;
• 220 kV kuchlanishli – 476,410 km;
• 110 kV kuchlanishli – 1 688,42 km;
• 35 kV kuchlanishli – 843,53 km.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi “Uzatish va taqsimlash tizimlarini rivojlantirish va tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 844-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari obyektlari qabul qilindi.
Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tasarrufidagi:
· 35 kV kuchlanishli 98 ta;
· 110 kV kuchlanishli 115 ta;
jami 213 ta podstansiya, shuningdek,
· 35 kV – 843,53 km;
· 110 kV – 1507,3 km;
jami 2350,8 km elektr uzatish havo tarmoqlari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi 447 nafar muhandis-texnik va ishchi-xizmatchilar “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialiga qabul qilindi.
Qo‘shimcha ravishda 13 nafar 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodim va elektromontyorlar ishga qabul qilindi.
Avariyalarni zudlik bilan bartaraf etish va ish joylariga tezkor yetib borish maqsadida 40 dan ortiq yengil va maxsus texnika xizmat qilmoqda. 2025-yil davomida qo‘shimcha ravishda 1 dona avtokran va 13 dona yengil avtotransport vositalari xarid qilindi.
2025-yil davomida 87 nafar xodim turli taʼlim muassasalariga kasb malakasini oshirish uchun yuborildi. 2025-yil davomida xodimlarni davolanish uchun Toshkent tibbiy-sanitariya qismiga 25 ta yo‘llanma berilib, ular sog‘ligini tiklab qaytishdi.
Mustaqillikning 34 yilligi hamda “Energetiklar kuni” munosabati bilan xodimlar o‘rtasida mini-futbol, shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi hamda g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 10 nafar xodimning farzandlari yoz mavsumida madaniy dam olishi uchun oromgohlarga yuborildi.
2025-yilda 54 nafar xodim “Energetika faxriysi” unvoniga sazovor bo‘ldi, 21 nafar xodim esa Faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 48 nafar xodimga moddiy yordam ko‘rsatildi.
2025/2026-YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI:
Mavsumga qadar quyidagi ishlar bajarildi:
• 3 ta 110 kV kuchlanishli o‘chirgichda mukammal taʼmir (100%);
• 39,17 km 220 kV kuchlanishli va 19,3 km 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda mukammal taʼmir (100%);
• 517,594 km tarmoq, 15 ta transformator va 82 ta o‘chirgichda joriy taʼmir ishlari (100%).
Qabul qilingan 35–110 kV kuchlanishli obyektlarda:
• 14 ta o‘chirgich (rejaga nisbatan 140%);
• 4 ta transformator (200%);
• 23,3 km 35 kV kuchlanishli tarmoq mukammal taʼmirlandi (100%).
Joriy taʼmir:
• 182 ta o‘chirgich (188%);
• 159 ta transformator (141%);
• 1082,354 km tarmoq (139%).
QO‘SHIMCHA TEXNIK ISHLAR:
Podstansiyalarda:
• 28 620 kg transformator moyi quyildi;
• 2 ta elegaz o‘chirgichga gaz to‘ldirildi;
• 256 ta qurilmada kondensat tozalandi;
• 68 ta sovitish dvigateli taʼmirlandi yoki almashtirildi;
• 280 kg silikagel almashtirildi;
• 19 ta termosignalizator o‘rnatildi;
• 12 ta podstansiya devori, 13 ta podstansiya tom qismi va 15 ta podstansiya kabel lotoklari taʼmirlandi.
Havo tarmoqlarida:
• 1 570 ta izolyator almashtirildi;
• 47 514 ta izolyator tozalandi;
• 421 ta qushlar qo‘nishiga qarshi moslama o‘rnatildi;
• 3067,1 km tarmoq ko‘rikdan o‘tkazildi;
• 54 ta tayanch bo‘yaldi;
• 1905,6 km tarmoq daraxt shoxlaridan tozalandi;
• 295 ta tayanchda yerlagich konturlari tekshirildi.
QO‘SHIMCHA QUVVAT YARATISH ISHLARI:
Bir qator podstansiyalarda modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Natijada 76 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi va Davlatobod, Yangi Namangan, Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on hamda Kosonsoy tumanlarida elektr taʼminoti ishonchliligi oshirildi.
2026-YIL UCHUN TASDIQLANGAN REJA:
2026-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari davom ettiriladi.
Jumladan:
• “Transformator” 110/10 kV podstansiyada 2x6300 kVA transformator o‘rniga 2x25 000 kVA o‘rnatish;
• “Qizil-Ravot” – “Haqqulobod-1” liniyasida 35,5 km simni AS-120/19 mm² ga almashtirish;
• Kosonsoy tumanida 500/220/110 kV kuchlanishli “Namangan” podstansiyasini qurish (2026–2029 yy.);
• “Tepaqo‘rg‘on” OTQni 220 kV kuchlanishli podstansiyaga aylantirish;
• “Obihayot” 220 kV kuchlanishli podstansiyasini modernizatsiya qilish.
2026-yilda mukammal va joriy taʼmirlash ishlari reja asosida amalga oshiriladi.
Ravshan Ibragimov, “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori
“O‘zbekiston MET” AJ“Namangan MET”filiali Axborot xizmati