2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025 yil SARHISOBI: «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filialida rejalashtirilgan ishlar to‘liq bajarildi (15-sonli)
  • 11.02.2026
  • 40

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot ma’lumotnomasi.

«Xorazm MET» filiali tasarrufida jami 71 ta podstansiya va umumiy uzunligi 2001,78 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari mavjud. Jumladan, 2 ta 220 kV kuchlanishli, 45 ta 110 kV kuchlanishli va 24 ta 35 kV kuchlanishli podstansiyalar hamda 220–6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari filial tomonidan ishonchli ekspluatatsiya qilinmoqda.

2025-yil mobaynida 35–220 kV kuchlanishli obyektlarda quyidagi ta’mirlash ishlari amalga oshirildi:

· 1 ta 110 kV kuchlanishli va 3 ta 35 kV kuchlanishli kuch transformatorlari, 5 ta 35 kV kuchlanishli o‘chirgichlar hamda 31,4 km elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlandi;

· 35–220 kV kuchlanishli 115 ta kuch transformatorlari, 145 ta o‘chirgichlar va 2001,7 km elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirdan chiqarildi;

· 110/10 kV kuchlanishli «Gurlan» podstansiyasida 16 MVAlik kuch transformatori 25 MVAlik transformatorga almashtirildi;

· 110/10 kV kuchlanishli «Qaraqash» podstansiyasida 10 MVAlik transformator 16 MVAlik transformatorga almashtirildi;

· 35 kV kuchlanishli «Amirqum» va «Axunboboyev» podstansiyalarida 4 MVAlik transformatorlar 6,3 MVA quvvatga ega transformatorlarga almashtirildi;

· 110 kV kuchlanishli «Nurchi» podstansiyasida 6,3 MVAlik transformator 10 MVAlik transformatorga almashtirildi;

· 35 kV kuchlanishli «Sohibkor» podstansiyasida 2,5 MVAlik transformator 4 MVAlik transformatorga almashtirildi.

· 35 kV kuchlanishli «Oxunboboyev» podstansiyasida 4 MVAlik transformator 6,3 MVAlik transformatorga almashtirildi.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida avariya zaxirasi yaratildi. Filial omborlarida 12 ta kuch transformatori, 110 kV kuchlanishli 7 ta tayanch ustun, 10 tonna turli rusumdagi simlar, 35–220 kV kuchlanishli 69 ta razryadnik, 39 ta kuchlanish transformatori, 164 ta tok transformatori, 869 ta izolyator va 15 tonna transformator moyi hamda boshqa zarur uskunalar zaxira qilindi. 60 nafar xodimdan iborat 12 ta avariyani tiklash brigadalari tashkil etildi.

Kapital qurilish sohasida qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, 220 kV kuchlanishli «Taxiatosh IES – PS “Xorazm” – Sarimoy» elektr uzatish liniyasi qurilishi to‘liq yakunlanib, davlat qabul hay’ati dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya loyihalari doirasida xorijiy pudratchi kompaniya bilan shartnoma imzolanib, loyihalashtirish ishlari 100 foizga bajarildi, uskuna va jihozlarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha Qo‘shko‘pir, Hazorasp va Urganch tumanlarida yangi yuqori kuchlanishli podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlarini qurish loyihalari bo‘yicha yer ajratish, ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi.

Shuningdek, Shovot tumanida 110/35/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya va 47 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda ustunlarning 67 foizi o‘rnatilib, sim tortish ishlari boshlandi.

2025-yil davomida filial tarmoqlariga 3 mlrd 554 mln 731 ming kVt·soat elektr energiya qabul qilindi. Texnologik sarf rejadagi 4,62 foiz o‘rniga amalda 4,2 foizni tashkil qildi. Podstansiyalarning o‘z ehtiyoji uchun va xo‘jalik ehtiyojlari bo‘yicha elektr energiya sarfi ham belgilangan rejadan kam bo‘lib, elektr energiyani tejashga erishildi.

2026-yil uchun filialda qator mukammal va joriy ta’mirlash ishlari, jumladan yangi transformatorlar va o‘chirgichlarni ta’mirlash hamda elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

«Energetiklar kuni» kasb bayrami munosabati bilan 2025-yil 22-dekabr kuni filialda yil sarhisobi bayram tadbiri tashkil etildi. Bayramda samarali mehnat qilgan xodimlarga «O‘zbekiston MET» AJ va «Xorazm MET» filialining «Energetika faxriysi» unvonlari, faxriy yorliqlari va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. Bayram tadbirida 150 ishchi-xodim qatnashdi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida filial tasarrufidagi podstansiyalarida qurigan ko‘chatlar o‘rniga 2025-yil davomida jami 80 dona daraxt ko‘chatlari ekildi. Jumladan: 40 dona mevali va 40 dona manzarali ko‘chatlar ekildi. Viloyatimiz bo‘ylab esa 1000 tubdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

«Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan viloyat iste’molchilarini ishonchli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

Ruslan Radjapov, «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati