
Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasining 2025-yil yakuni sarhisoblari to‘g‘risida hisobot maʼlumotnomasi.
Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi tomonidan 2025-yil davrida “O‘zbekiston MET” AJning 2025-yilga mo‘ljallangan “Biznes-reja”sini ijrosi bo‘yicha barcha bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlardan tegishli maʼlumotlar olinib, tahlil qilinib, jamlab, shakllantirilib, Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqishi bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyul sanasidagi 207-sonli qaroriga asosan “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari”ni har chorakda aniqlash belgilangan bo‘lib va ushbu qaror topshiriqlari har chorak yakuni bo‘yicha bajarildi va Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi internet saytiga yuklanib borildi.
Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilga MET filiallari tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan pudratchilar tomonidan bajariladigan, joriy va mukammal taʼmirlash ishlariga sarflanishi kutilayotgan mablag‘lar bo‘yicha tegishli boshqarmalar tomonidan maʼlumotlarni shakllantirish hamda bajarilgan taʼmirlash ishlari bo‘yicha har oyda maʼlumotlarni umumlashtirish bo‘yicha ishlar tashkil etildi.
“O‘zbekiston MET” AJning markaziy apparati va quyi filiallaridan, shtat-birliklari jadvallariga qo‘shimcha va o‘zgaritishlar kiritish yuzasidan tushayotgan 175 ta murojat va taklif ko‘rib chiqildi. Shundan 120 tasiga ruxsat berilgan va 55 tasiga qayta ko‘rib chiqish taklifi berilgan. Barcha filial va bo‘linmalarga harajatlar, taʼmirlash ishlari, ish haqi xarajatlari va rasshifrovka bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish va ulardan kelayotgan xatlarga o‘z vaqtida javob yo‘llandi.
“O‘zbekiston MET” AJning 2025-yil uchun moliyaviy oqimlari hisobotlari rejasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirliklari bilan ishlab chiqildi va ijrosi bo‘yicha-yil davomida har oylik maʼlumot kiritilib borildi.
«O‘zbekiston MET» AJning ijro apparati bo‘yicha 2025-yil har oy uchun 1-T, 1-BX shakli mehnat hisobotlari tuzilib Davlat statistika boshqarmasiga taqdim etildi.
“O‘zbekiston MET” AJning filiallar va bo‘linmalarning 2025-yil uchun xarajatlar sMETasi hisobotlari jamlandi. Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatining tegishli buyruqlariga asosan, filiallar va bo‘linmalar tomonidan, hisobot yilining I chorak, I yarimyillik, 9 oylik va 2025-yil yakuni xarajatlar smetasi, ishlab chiqarish xizmatlari xarajatlari, butlovchi materiallar xarajatlari, boshqa xarajatlar, kalkulyatsiya, foyda soliqlari (Pr2) hisobotlarining ijrosi yuzasidan tegishli hisobot va maʼlumotlar to‘plandi va tahlil qilinib, tegishli Vazirlik va idoralarga Aksiyadorlik jamiyati moliyaviy faoliyati to‘g‘risida har oylik maʼlumot taqdim etildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Energetika vazirliklari topshirig‘iga muvofiq «O‘zbekiston MET» AJ 2026-yil uchun elektr energiyasi transportirovka xizmati tarifini shakllantirish hisob-kitoblari Aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallari va markaziy apparatning bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlardan tegishli maʼlumotlar asoslangan holda Vazirlar Mahkamasining 337-sonli qaroriga asoslangan holda hisoblandi va Idoralararo tarif komissiyasiga o‘rganib chiqib, Aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasi transportirovka xizmati tarifini belgilab berish uchun taqdim etildi.
“O‘zbekiston MET” AJning 2026-yilga mo‘ljallangan “Biznes-reja”si va xarajat va daromadlar smetasi ishlab chiqilib, Kuzatuv kengashi yig‘ilishida tasdiqlash uchun kiritildi va tasdiqlandi.
“O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparatining boshqarma, bo‘lim va xizmatlari tomonidan taqdim etilgan rag‘batlantirish xarakteridagi pul to‘lovlarini hisoblanishi bo‘yicha, Aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati boshqarma, bo‘lim va xizmatlari tomonidan taqdim etilgan bildirgilar tahlil qilindi hamda joriy-yilning har hisobot oyining yakuni bilan belgilangan tartibda buyruq va komissiya qarorlari chiqarilib, Buxgalteriya hisobi va hisobotlari boshqarmasiga hamda filiallarga taqdim etib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning (Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi “UzAssets” AJ va boshqalar) tegishli topshiriqlariga asosan, 2025-yilda Aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha “Sarf-xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish” bo‘yicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etib borildi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda 2026-yilda “Sarf-xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish” bo‘yicha Prognoz reja va tegishli chora–tadbirlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
“O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparati xodimlari faoliyatini baholab borish maqasida, “Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi (KPI)ni baholash” to‘g‘risida”gi Nizom qo‘shimcha va qayta ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda amalga tadbiq etildi.
“O‘zbekiston MET” AJning 2020-yil 17-iyundagi 176-sonli «Ish stajini tiklash bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan, 9 nafar ishchi xodimlarni arizalariga asosan, hujjatlar to‘planib, ko‘rib chiqish uchun komissiyaga taqdim etildi va uning xulosasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib ishchi xodimlarning ish stajlari tiklanib berildi.
“O‘zbekiston MET” AJning Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasiga 2025-yil davomida 1121 ta xat kelib tushdi, shu jumladan: 15 ta murojaat, 189 ta maʼlumot uchun, 61 ta XDFU va boshqalardan iborat. Kelib tushgan xatlarni ijrosini taʼminlash maqsadida 728 ta javob xati yuborilgan va ichki rahbariy hujjatlar chiqarilgan.
“O‘zbekiston MET” AJ markaziy apparatidagi 223 xodimning mehnatga layoqatsizlik kasallik varaqalarini umumlashtirish va tuzilgan bayonnomani Buxgalteriya hisobi va hisobotlari boshqarmasiga taqdim etildi.
“O‘zbekiston MET” AJ markaziy apparatidagi 177 xodimning mehnat taʼtiliga chiqishida, qonunchilikda belgilangan qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan buyruq tayyorlandi.
Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasiga joriy-yilning o‘tgan davri mobaynida, kelib tushgan xatlar, murojaatlar va tegishli topshiriqlarni ijrosi belgilangan tartibda va muddatida taʼminlab borildi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ bilan O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida 2022-2025-yillar uchun tarmoq kelishuvining bajarilganligi nazorat qilish va chorak yakuni bo‘yicha quyidagicha hisobot tayyorlandi. “O‘zbekiston MET” AJning tarkibiy bo‘linmalarida jami 8 479 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi, “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 2025-yil davomida jamiyat xodimlarini moddiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida quyidagi ijtimoiy ximoya xizmatlari ko‘rsatilgan.
Jumladan: “O‘zbekiston MET” AJ hamda O‘zbekiston Energetiklar kasaba uyushmalari Respublika kengashi o‘rtasidagi Jamoa shartnomasiga muvofiq 2025-yilda jamiyat tomonidan 4 080 ta xodimlariga har-yillik mehnat taʼtiliga chiqishi munosabati bilan sog‘liklarini tiklash maqsadida jami 15,1 mlrd.so‘m miqdorda moddiy yordam ajratilgan. Shuningdek, 2025-yilda Aksiyadorlik jamiyatining 2 nafar og‘ir moliyaviy sharoitda bo‘lgan xodimlarga jami 29,0 mln.so‘m miqdorida moddiy yordam qo‘rsatilgan va 12 nafar xodimlarni davolanishi uchun jami 36,0 mln.so‘m miqdorda moddiy yordam to‘lab berilgan.
Jamiyatning kam taʼminlangan xodimlarining oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 6 nafar farzandlarining-yillik konktraktlariga jami 53,6 mln.so‘m taʼlim muassasalariga to‘landi. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 23 nafar mehnat faxriylariga va ularga tenglashtirilgan ishlamaydigan mehnat faxriylariga 25,5 mln.so‘m miqdorda moddiy yordam bilan taqdirlandi. Vafot etgan xodimlarning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafoti munosabati bilan 165 nafar xodimlarga jami 483,2 mln.so‘m miqdorda moddiy yordam ko‘rsatildi.
Jamiyat tomonidan xodimlarining nafaqaga chiqishi munosabati bilan xodim ishdan bo‘shayotganida unga bir martalik to‘lovlar uchun 58 nafar xodimga jami 423,9 mln.so‘m miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Yubiley yoshlarini nishonlayotgan 221 nafar xodimga 958,5 mln.so‘m miqdorda rag‘batlantirildi.
Jamiyatdan bola parvarishi taʼtiliga ketgan 55 nafar ayollarga farzandi 2 yoshga to‘lgunga qadar to‘lanadigan nafaqa to‘lash uchun 302,3 mln.so‘m sarflandi.
Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi 2026-yil uchun tasdiqlangan reja asosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Parda Xidirov, Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati