

Andijon viloyati, Shahrixon tumanida joylashgan 220 kV kuchlanishli "Saroy" podstansiyasida AT-2-125 MVA quvvatli avtotransformator o'rniga 200 MVA quvvatli avtotransformatori o‘rnatilib, ishga tushirildi.
⚙️ Buning natijasida podstansiyaning o'tkazuvchanlik quvvati 75 MVA oshirilib, umumiy o'tkazuvchanlik quvvat 400 MVA yetkazildi.
Mazkur quvvat oshirish ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish hamda elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali