

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugashi munosabati bilan 2026-2028-yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 49-moddasi hamda 66-moddasiga binoan muzokaralar olib borish va Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2026-yil 19-yanvardagi 14/4-4 “s”-sonli Buyruq-Qaroriga asosan teng huquqlilik asosida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan har tarafdan 4 kishidan iborat quyidagi vakillar tarkibidan iborat komissiya tuzildi.
Komissiya aʼzolari tomonidan yangi jamoa shartnomasini loyihasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Respublika Kengashi mutaxassislariga ekspertizaga topshirildi. Yangi jamoa shartnomasini tuzish bo‘yicha tuzilgan komissiya va Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxasislarining hulosalariga ko‘ra yangi jamoa shartnomasi loyihasi tayyor holga keltirildi.
“O‘zbekiston MET” AJ mehnat jamoasining konferensiyasini chaqirish to‘g‘risidagi Jamiyat rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2026-yil 19-yanvardagi 15/4-5 “s”-sonli Buyruq-Qaroriga asosan barcha filiallarda mehnat jamoasi konferensiyalari o‘tkazildi va vakillik meʼyorlariga ko‘ra «O‘zbekiston MET» AJ mehnat jamoasining konferensiyaga jami 84 nafar delegatlar saylandi, konferensiyada 80 nafar delegatlar ishtirok etishdi.
Konferensiya ochiq deb eʼlon qilindi va kun tartibiga kiritilgan 4 ta masala o‘qib eshittirildi:
· «O‘zbekiston MET» AJ jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi haqida;
· «O‘zbekiston MET» AJ jamoa shartnomasini 2025-yilda bajarilishi bo‘yicha dalolatnomani tasdiqlash haqida;
· “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini tasdiqlash to‘g‘risida;
· “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya aʼzolarini saylash to‘g‘risida.
Konferensiya ishchi rayosat tarkibiga quyidagi nomzodlar saylandi:
· Boshqaruv raisining o‘rinbosari Yuldashev Akbarxon Abbasovich;
· O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari To‘xtayev Saidmurod Saidmaxmudovich;
· BKUQ raisi Xidirova Nodira Jaxongirovna.
«O‘zbekiston MET» AJ jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi haqida. Boshqaruv raisining o‘rinbosari Yuldashev Akbarxon Abbasovich va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Jaxongirovna so‘zga chiqishdi.
«O‘zbekiston MET» AJ jamoa shartnomasini 2025-yilda bajarilishi bo‘yicha dalolatnoma bilan Jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya hamraisi Abdullayev Neʼmat Ozodovich tanishtirdi.
Delegatlardan «O‘zbekiston MET» AJ jamoa shartnomasini 2025-yilda bajarilishiga qoniqarli baho berishni bir ovozdan maʼqullashdi. Delegatlar «O‘zbekiston MET» AJ jamoa shartnomasini 2025-yilda bajarilishi bo‘yicha dalolatnomani tasdiqlashdi. N.Xidirova “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga kiritilgan yangi imtiyoz va kafolatlar, qo‘shimchalar haqida gapirdi.
Delegatlar jamiyatning 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga kiritilgan imtiyoz va kafolatlardan mamnun bo‘lgan holda yangi jamoa shartnomasini bir ovozdan tasdiqlashdi.
Mazkur konferensiyada “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya aʼzolarini ham saylab olindi:
Ish beruvchi vakillari:
· A.Yuldashev – Boshqaruv raisining o‘rinbosari;
· Sh.Axmedov – Yuridik boshqarmasi boshlig‘i;
· I.Xamidov – Xodimlar bilan ishlash, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i;
Sh. Dadajonov – Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i.
Xodimlar vakillari:
1. - N. Abdullayev – Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
2. - S. Yuldasheva – “Toshkent viloyat MET” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi;
3. - E. Dustiyarov –Markaziy apparat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi;
4. - G. Mirzaaxmedova – “Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.
Konferensiyaning kun tartibiga kiritilgan barcha masalalarni ko‘rib bo‘lindi va konferensiya yopiq deb eʼlon qilindi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati