
Bugun soat 14:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 110/35/6 kV kuchlanishli “Orayliq” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Nazarxon elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimidan favqulodda o‘chdi.
Natijada Nukus shahri va Amudaryo tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari (15 MVt) elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 14:50 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 110 kV kuchlanishli L-Nazarxon elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati