2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent viloyati: “Rovot” podstansiyasidagi T-1 transformatoriga kuchlanish berildi va isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 06.02.2026
  • 117

Bugun soat 06:42 da Toshkent viloyatidagi “Rovot” podstansiyasining T-1 transformatori favqulodda o‘chdi.

Natijada mazkur energetika obyektidan taʼminlanuvchi isteʼmolchilar (3,5 MVt) elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 11:26 da “Rovot” podstansiyasidagi T-1 transformatoriga kuchlanish berildi va isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati