2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-yil SARHISOBI: Aksiyadorlik jamiyatida transformatsiyani amalga oshirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha bajarilgan ishlar (11-sonli)
  • 03.02.2026
  • 98

Transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar

Ma’lumki, transformatsiya jarayonlari kompaniyaning uzoq muddatli muvaffaqiyatini va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Transformatsiya – bu faqat o‘zgarish emas, balki kompaniyaning faoliyati va rivojlanishi uchun strategik zarurat hisoblanadi. “O‘zbekiston MET” AJda ham transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,“O‘zbekiston MET” AJni institutsional rivojlantirish, elektr energiyasining erkin bozoriga tayyorlash, uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarni ishlab chiqish, iqtisodiy va inson resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, tizimga raqamli texnologiyalarni va dasturiy ta’minotlarni yanada kengroq joriy qilish, boshqaruvda va texnologik jarayonlarda inson omilini qisqartirib, adolatli tizimlarni yaratish, korrupsiyani oldini olish, operatsion samaradorlikni oshirish, elektr energetika tizimini ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash hamda shu kabi boshqa muhim ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi.

· O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi “Uzatish va taqsimlash tizimlarini rivojlantirish va tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 844-sonli qaroriga va O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi mavjud 35 kV va undan yuqori kuchlanishli podstansiya va havo tarmoqlari obyektlari majmui uzatish tizimi hisoblanganligi sababli, to‘liq hajmda “O‘zbekiston MET” AJga balans qiymatida o‘tkazildi va uzatish tarmog‘i sifatidagi salohiyati va aktivlari qiymati oshirildi.

· Xalqaro konsalting kompaniyasi ishtirokida kompaniyamizning 2035-yilgacha mo‘ljallangan moliyaviy modeli ishlab chiqildi va uni muntazam yangilab borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

· Xalqaro kredit reyting agentliklarining tavsiyalariga asosan mustaqil (standalone) kredit reytingini oshirish bo‘yicha Fitch reytings ва S&P xalqaro kredit reyting kompaniyalari jalb etildi.

· Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish yo‘lga qo‘yildi. Hozirda E&Y konsalting kompaniyasi tomonidan ESG diagnostikasi  o‘tkazildi. Diagnostika natijalarining tahlili va aniqlangan ESG bo‘shliqlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va tashabbuslar ro‘yxati ishlab chiqildi. Yuqori ESG reytingiga erishish maqsadida "O‘zbekiston MET" AJning barqaror amaliyotlarini qisqa, o‘rta va uzoq muddatda yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Atmosferaga chiqariladigan Scope 1 ва Scope 2 issiqxona gazlarining miqdoriy o‘lchovlari baholandi. Shuningdek ESG barqaror rivojlanish hisobotini yakunlash jarayoni ketmoqda.

· Xalqaro konsalting kompaniyalari ishtirokida xarid jarayonlarining korrupsiyaga qarshi himoya tizimini yaratish va “forenzik” audit tekshiruvlarini o‘tkazish maqsadida PWC xalqaro konsalting kompaniyasi jalb etildi. Hozirda audit yakunlanish bosqichida.

· Kompaniyaning yangi investitsiya siyosati ishlab chiqildi.

· Xodimlarni rivojlantirish, moslashtirish va samaradorligini oshirishni o‘z ichiga olgan HR-strategiya ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

· Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining malaka talablari qayta ko‘rib chiqildi. Zamonaviy malaka talablariga muvofiq xodimlarni tanlash va ular uchun muntazam o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ni sifatli joriy etish bo‘yicha uch nafar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar shakllantirildi. 2024-yil va 2025-yilning 6 oyligi uchun xalqaro auditorlar tasdiqlagan yillik IFRS hisobotlari tayyorlandi va nashr etildi.

Bundan tashqari, Jahon bankining boshqa “Institutsional salohiyatni oshirish” (IBL) loyihasi doirasida umumiy miqdori – 430 ming AQSh dollari qiymatidagi grant mablag‘lari hisobiga katta to‘rtlikka kiruvchi “PWC” xalqaro konsalting kompaniyasi jalb etilgan holda quyidagi 3 ta loyiha amalga oshirildi:

 

1) Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ga muvofiq yangi moliyaviy hisobot siyosati ishlab chiqildi.

2) Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli byudjetlashtirish tizimi joriy etildi.

3) COSO (Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission) konsepsiyasiga asoslangan risklarni boshqarish tizimi joriy etildi. COSO konsepsiyasi – bu tashkilotlarda ichki nazorat va risklarni boshqarish tizimlarini tashkil qilish va baholash uchun keng qabul qilingan standartlar to‘plami hisoblanadi.

 

Raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

 

• ERP tizimi: 2025-yil 30-aprelda ERP loyihasi bo‘yicha xalqaro Consortium TERRALINK bilan shartnoma imzolandi. 2025-yil dekabr holatiga biznes-jarayonlarni tahlil qilish, tizim arxitekturasi va texnik sozlash ishlari yakunlandi. Uskuna va dasturiy ta’minot 100% yetkazib berildi.

• SCADA/EMS/RTU loyihasi: Jahon banki talablari asosida xalqaro tender jarayoni o‘tkazildi. Tender hujjatlari takomillashtirildi, texnik va ekspert baholashlar yakunlandi hamda Jahon banki tomonidan tasdiqlandi. Hozirda ishtirokchilarni xabardor qilish bosqichi amalga oshirilmoqda.

• 3D raqamli modellar: 2025-yil yanvar oyidan 500 kVli podstansiyalar uchun loyihalash, rekonstruksiya va monitoringni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3D raqamli modellar ishlab chiqildi.

• Aqlli video kuzatuv: 2025-yil may oyidan 35–110 kVli podstansiyalar peremetrlariga 1065 dona aqlli video kuzatuv qurilmalari o‘rnatildi.

• Body camera tizimi: 2025-yil dekabr oyida 4 ta operativ guruh body camera bilan ta’minlanib, xizmat faoliyatida shaffoflik va xavfsizlikni oshirish bo‘yicha sinov loyihasi joriy etildi.

• Kadrlar malakasini oshirish: 2025-yil 11–16-oktabr kunlari Xitoyning Shenjen shahrida energetika sektori uchun kiberxavfsizlik, raqamlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etildi.

• IT-arxitektura: Ma’lumotlar, tizimlar va texnologiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni belgilovchi yagona IT-arxitektura yaratildi.

• Raqamlashtirish strategiyasi: Jamiyatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan raqamlashtirish strategiyasi ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga kiritildi.

• Integratsiya ishlari: CAS dasturi va “Energonazorat” platformasi integratsiya qilindi, API ishlab chiqildi hamda o‘zaro ma’lumot almashinuvi va hisoblash metadologiyalari joriy etildi.

 

Farrux Yunusxo‘jaev, Strategik rivojlantirish, transformatsiya va raqamlashtirishbosh boshqarmasi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati