2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: ERTAGA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
  • 20.01.2026
  • 6

#DIQQAT_EʼLON

Ertaga, 21-yanvar kuni soat 01:00 dan 03:00 gacha (tungi 2 soat davomida) Mirzo Ulug'bek hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/35/6 kVli «Botanika» podstansiyasida 35 kVli yangi elektr qurilmalarini ishga tushirish hamda mazkur ishlarni xavfsiz olib borish maqsadida elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi. Shu munosabat bilan:

Yunusobod tumanining: «Bodomzor», «Boʻzsuv», «Shayh Shivli», «Mirzo Ulug'bek», «Yangi Tarnov», «Xiyobontepa» hamda «Firdavsiy» MFYlarining ayrim hududlarida;

Mirzo Ulug'bek tumanining: «Oqqo'rg'on», «Darxon», «Hamid Olimjon», «Lashkarbegi», «Mirzakalon Ismoiliy» MFYlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati