2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Texnik profilaktika ishlari davom ettirilmoqda
  • 15.01.2026
  • 34

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Podstansiyalar xizmati Norin-Uychqo‘rg‘on brigadasi mutaxassislari tomonidan yuqori kuchlanishli energetika obyektlarda profilaktika va sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi:

⚙️ 110/35/10 kV kuchlanishli “Haqulobod” podstansiyasida T-2 kuch transformatori hamda 35 kVli 2-shinalar tizimida profilaktik ko‘rik va sinov ishlari bajarildi.

⚙️ 110 kV kuchlanishli“Yangiqo‘rg‘on” podstansiyasida (Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan) “Eskiyer” yacheykasida moyli o‘chirgichlar (MMO) hamda 110 kVli 1-shinalar tizimi sozligi ko‘zdan kechirilib, tegishli sinovdan o‘tkazildi.

⚡️ Maqsad: Kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarining yuklamalarga chidamliligini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot