

Oʻzenergoinspeksiya boshlig‘i D. Isaqulov boshchiligida ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida joriy yilda ishga tushuriladigan yirik energetika obyektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
Xususan, “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Nurobod podstansiyasi va Nurobod-Xalqa tarmog‘ining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur obyekt 260 km 500 kV havo tarmog‘i 6 ta uchastkaga bo‘lingan tartibda ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, fundament va oporalar, trassirovka bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Manba: https://t.me/Uzenergoinspeksiya/9593
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati