

Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida iste’molchilarga barqaror energiya resurslarini yetkazib berish hamda resurslarni iqtisod qilish, muqobil energiya manbalarini joriy etish borasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur o‘rganishlar davomida Jomboy tumanida ko‘rgazmali-amaliy seminar o‘tkazildi.
Bosh prokurori o‘rinbosari S.Samadov, Jomboy tumani hokimi, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi maslahatchisi X.Elmurodov hamda tegishli soha va tashkilotlar vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida quyosh panellari, energiya tejamkor uskunalar va zamonaviy texnologiyalar namoyish etilib, ularning afzalliklari va kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI