2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: “Chimyon” podstansiyasidagi nosozlik sabab tarmoqdan ajratilgan barcha isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi
  • 13.01.2026
  • 16

Bugun soat 03:58 da “Chimyon” podstansiyasidagi T-2  transformatori himoya tizimi ishlashi oqibatida o‘chgan edi.

Buning oqibatida Bo‘stonliq tumani isteʼmolchilarining bir qismi elektr taʼminotida uzilishlar kuzatildi.

Isteʼmolchilarning bir qismiga boshqa manba orqali kuchlanish berish choralari ko‘rildi. 

Ayni paytda maxsus brigada aʼzolari nosozliklar oqibatini bartaraf etishmoqda.

Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan  noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Soat 08:45da “Chimyon” podstansiyasidagi T-1 transformatoridan 2-SSH-35 kV kuchlanishli qurilmaga kuchlanish berildi va nosozlik sabab tarmoqdan ajratilgan barcha isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi. Ayni paytda T-2 transfrormatori taʼmirga chiqarilgan. 

Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan  noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati