2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 110/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasi — Xizmat safari tafsilotlari
  • 16.12.2025
  • 41

Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlarida 24/7 rejimida ish tashkil etilgan bo‘lib, generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror uzatish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. 

⚡️ Bundan tashqari, tasdiqlargan loyiha hujjatlari hamda reja-grafik ish jarayoniga muvofiq tarzda, magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi energetika obyektlarida modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda. 

 Misol uchun, "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialida tasarrufidagi 110/35/6 kV kuchlanishli “Yayilma” podstansiyasida yangi qurilmalarni o‘rnatish, mavud uskuna va jihozlarni yangilash ishlari bajarilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida: Mazkur energetika obyektida mavjud, quvvati 20 MVA transformator o'rniga 63 MVA quvvatli transformator oʻrnatilib, podstansiyaning o‘tkazuvchanlik quvvati birmuncha oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/AndijonMET_Axborot