

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi, 35/10 kV kuchlanishli “Shoʻro” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida transformator va elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, zarur ehtiyot qismlarni almashtirish, shuningdek, energetika obyektining estetik holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi.
⇒ Xususan, podstansiyadagi asosiy uskunalar bo‘yoqlanib, ularning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Bu esa nafaqat jihozlarning xizmat muddatini uzaytirish, balki obyektda mehnat xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali