

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Xovos tumanidagi 500 kV kuchlanishli "L-521", 220 kV kuchlanishli "L-20 G-1", "L-Zarbdor" va 110 kV kuchlanishli "L-G‘alaba-1" havo elektr uzatish liniyalarida, shuningdek, Sayxunobod tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Sayxun" podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli "L-NS-3" havo elektr uzatish liniyasida rejalashtirilgan texnik ta'mirlash ishlari bajarildi.
⚙️ Jumladan, yuqori kuchlanishli tayanch ustunlariga qushlar qo‘nishining oldini olish uchun o‘natilgan moslamalar (ППЗ) ta’mirlandi va qo‘shimcha yangi moslamalar o‘rnatildi.
⇒ Shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!