2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: «Sardor» podstansiyasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidano‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
  • 20.11.2025
  • 506

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari mutaxassislari ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

✅  O‘quv mashg‘uloti davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan ishchi-xodimlarga favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xususan zilzila sodir bo‘lganda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, milliy ta’lim platformasi — fmiplatforma.uz orqali filial xodimlarining malakasini mustaqil oshirish imkoniyatlari haqida ham batafsil tushunchalar berildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali

telegram kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot