
⚡️"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasiga Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha rahbari janob Naji Benxasin tashrif buyurdi.
Bu tashrif "Magistral tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (Faza-1)" investitsiya loyihasi doirasida tashkil etildi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli qaroriga muvofiq olib borilmoqda.
Loyihani "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirmoqda.
Asosiy maqsad — O‘zbekistonning elektr energiyasini uzatish tizimining ishonchliligi va mustahkamligini oshirish, shu bilan birga, eskirgan podstansiyalarni zamonaviy elektr uskuna va jihozlar bilan ta’minlab, energetika obyektini xalqaro texnik-muhandislik me’yorlarga mos ravishda yangilashdan iborat.
Modernizatsiya ishlari bilan tanishuv
► Tashrif chog‘'ida Jahon banki Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha rahbari loyiha doirasida bajarilgan qurilish va o‘rnatish ishlarini, yangi o‘rnatilgan transformatorlar, ilg‘or elektr jihozlari va raqamli boshqaruv tizimlarining faoliyatini bevosita ko‘zdan kechirdi.
► Mutaxassislar esa amalga oshirilayotgan texnik yangilanish ishlari, sifatni nazorat qilish usullari va ekspluatatsiya jarayonlari haqida atroflicha ma'lumotlarni taqdim etdilar.
✅ Natija va xulosa
Tashrif yakunida Jahon banki vakili amalga oshirilgan ishlarning sifatiga va loyiha ijrosining tashkiliy darajasiga yuqori baho berdi. Bu uchrashuv PQ–3284-sonli qarorga asosan boshlangan loyihaning amalda muvaffaqiyatli ketayotgani va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik O‘zbekiston energetika sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilayotganini yana bir bor tasdiqladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali
telegram kanaliga obuna bo‘ling!