

“Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil yanvar-oktyabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlari hamda 2025-yilning noyabr-dekabr oylarida barcha topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora tadbirlar to‘g‘risida hisoboti.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisining 2025-yil 27-oktabrdagi tegishli topshirig‘iga asosan, “ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil yanvar-oktabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlari hamda 2025-yilning noyabr-dekabr oylarida barcha topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora tadbirlar to‘g‘risida iqtisodiy o‘qish o‘tkazish topshirig‘i belgilangan.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini “ijro.gov.uz” elektron tizimida samarali tashkil etish, 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmoni hamda 2021-yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorida belgilangan talablarga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yana-da mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-117-son Farmoniga asosan 2025-yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari, topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari “ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olindi.
“Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yilning yanvar-oktyabr holatiga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ masʼul bo‘lgan jami O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 139 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 12 ta, Vazirlar Mahkamasining 27 ta topshirig‘i ijrosi to‘liq taʼminlanib tizimda nazoratdan yechildi.
Shu yilning noyabr oyiga muddati belgilangan qonunchilik xujjatlarida Jamiyatimiz masʼul bo‘lgan 13 ta topshiriqdan 12 ta topshiriq ijrosi taʼminlandi. 1 ta davriy topshiriq maʼlumot uchun qabul qilindi.
Dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jami 92 ta topshirig‘i mavjud bo‘lib, shundan 49 ta topshiriqda (asosiy ijrochi sifatida), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 1 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 10 ta topshirig‘ida asosiy ijrochi sifatida belgilangan topshiriqlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan masʼul ijrochilar tomonidan “ijro.gov.uz” tizimiga topshiriqlar bo‘yicha asoslovchi hujjatlarni kiritib, nazoratdan yechilishini taʼminlashlari zarur.
“O‘zbekiston MET” AJda boshqarma, bo‘lim va xizmat boshliqlariga, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarini to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilangan.
✍️ Dilfuza Saidova, Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati