Xalq radiosi — «TEMP-FM» radiokanalining FM.88.4 to‘lqinlarida efirga uzatilgan xabarda 2025-yil 16-oktyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida Tezkor xodimlarni tayyorlash o‘quv markazi hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi filiali binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan ochilish marosimi tadbiri bo‘lib o‘tgani haqida xabar berildi.
Intervyu — «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari filiali» direktori Anvar Расулов.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbirda ishtirok etgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik S.M.Turabdjanov, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari M.U.Mahmudovich, Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti dekani professor O.Z.Toirov va boshqalar energetika obyektida ochilgan ushbu o‘quv markazi faoliyatini elektr energetika tarmog‘ining nazariy va amaliy bilimlari uyg‘unlashadigan maskani, deya e’tirof etishdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati