2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli "Bo‘ka-1" podstansiyada modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi
  • 17.10.2025
  • 13

⚙️ Bo‘ka tumanida joylashgan 35/10  kV kuchlanishli "Bo‘ka-1" podstansiyasida mavjud 4 000 kVA  quvvatli T-2 transformator o‘rniga 10 000 kVA quvvatli yangi T-2 transformator o‘rnatish ishlari yakunlanib, tarmoqqa ulanib kuchlanish berildi. 

⚡️ Navbatchi brigadalar tasdiqlangan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlarini 24/7 rejimi asosida bajarishmoqda. 

Bundan tashqari, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari esa loyiha yo’l xaritasiga muvofiq davom ettirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot