2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Ayni paytda Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Tezkor xodimlarni tayyorlash o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
  • 16.10.2025
  • 19

Bugun, 2025-yil 16-oktyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida Tezkor xodimlarni tayyorlash o‘quv markazi hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi filiali yangi binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan ochilish marosimi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.   Tadbirda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va ishchi-xodimlaridan tashqari Energetika vazirligi va soha tashkilotlari vakilari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishmoqda.   ⚡️ Shu bilan birga, malaka oshirish hamda ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar markazining ochilish marosimiga energetika faxriylari, mahalliy hokimiyat va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilgan.   Tadbir haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etamiz. Aksiyadorlik jamiyatining oliy o‘quv muassasalari bilan hamkorligi haqidagi ma’lumotlar uzbekistonmet.uz veb-saytining «Tarmoq ilmiy-texnik kengashi» ruknida taqdim etilgan.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati