O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-son qarori 54-, 85- va 92-bandlari bilan quyidagilar belgilangan:
Uzatish tizimiga ulanish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish, uzatish tizimiga ulanish loyihasini ishlab chiqish, ulanish nuqtasida bog‘langan tarmoqlar va tizimlarni kengaytirish va mustahkamlash uchun bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar Foydalanuvchi mablag‘lari hisobidan, Uzatish tizimi operatori tomonidan bunday faoliyatni bajarishga tegishli vakolat berilgan loyiha va pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Sizdan quyidagi hujjatlar to‘plami bilan ariza berishingizni so‘raydi:
♦ tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;
♦ magistral elektr tarmoqlarida amalga oshirilgan loyiha va pudrat ishlari ro‘yxati;
♦ aloqa ma’lumotlari (pochta manzili, telefon raqami va elektron pochtasi).
Tashkilotingiz zarur malaka talablariga javob bergan taqdirda, potentsial xizmat ko‘rsatuvchilar (loyihalash va pudrat ishlari) ro‘yxatiga kiritiladi va yuqoridagi ma’lumotlar Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida va tegishli sahifalarida e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Elekt tarmoqlariga ulanish sho‘basiga murojaat qilishingiz mumkin
Telefon: (+99871) 236-62-23
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati