Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, ko‘rik tadbirida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi energetika obyektlarida mavsumiy ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilib, “O‘zbekiston MET” AJning 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug‘iga asosan 2025-yil 1-fevraldan 1-oktyabrgacha atrof-muhit va estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rik oyligi talablariga binoan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarda amalga oshirayotgan mavsumiy obodonchilik ishlari aks etgan.
Shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining tayanch ustunlariga liniyalarning texnik-muhandislik (dispetcherlik qaydnoma) nomlari qayta yozilib, metall konstruksiyali tayanch ustunlariga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari bajarilmoqda.
Podstansiyalarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha har bir xonaga javobgar shaxs tayinlash; Bino va inshootlar, podstansiyani o‘rab turuvchi devorlar holati tartibga keltirilib, oqlash va bo‘yash; Podstansiya hududidagi barcha yo‘laklar va kabel kanallarini tozalab, siniq plitalarni almashtirish hamda bardyurlarni oqlash; Podstansiyalardagi OTQ va YTQ elektr qurilmalarning dispetcherlik nomlari yozuvlarini yangilash; Ma’lim bir hududga mas’ul shaxslar nomini maxsus belgi-nishon orqali ilib qo‘yish; Moylangan shag‘al toshlarni almashtirish, xavfsizlik belgilari, elektr qurilmalarining dispetcherlik nomlari va faza ranglarini (S.Y.Q.) yangilash, korroziyaga uchragan portal metall konstruksiyalariga bo‘yoq tortish kabi ishlar bajarildi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati magistral elektr tarmoqlari va 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka) hamda davlatlararo tranzitni amalga oshiradi. Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati yillik ish rejasi va investitsion loyihalar asosida magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-sozlash ishlarini bajaradi.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati