Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yilning 3-aprel kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialining 220/110/10 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida 208 nafar tuman (shahar) prokurorlaridan iborat seminar ishtirokchilari energiya samaradorligi va tejamkorligi borasidagi bilim-ko’nikmalarini mustahkamladilar.
⚡️ Energetika tizimi tashkilotlari tomonidan tayyorlangan taqdimotlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otib, prokuratura organlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Har bir masalaga alohida to’xtalib, jonli misollar orqali javob berildi.
✍️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati