2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonning «Yashil» hamkorligi
  • 24.03.2025
  • 12

2024-yil 13-noyabr kuni Boku shahrida imzolangan Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida «yashil» energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil noyabr oyida uch mamlakat hamkorlik qilishga kelishib olgan, 2024-yil may oyida esa energiya tizimlarini integratsiya qilish va Yevropa Ittifoqiga “yashil” energiya yetkazib berish uchun Kaspiy dengizi tubiga yuqori kuchlanishli kabel yotqizish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga kirishgan edi.

⚡️ Ushbu loyiha mamlakatlar o‘rtasida ekologik toza energiya almashinuvi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi!

Manba: https://t.me/clearenergy/2725

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati