Samarqandda ekologik master-reja qabul qilindi. Ushbu strategik hujjat shahar ekologik boshqaruvini yaxshilash, qulay shahar muhitini yaratish va mintaqaning iqlim o‘zgarishiga moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan.
Rejani ishlab chiqishda aholining faol ishtiroki muhim bosqich bo‘ldi: Samarqandliklarning 60% atrof-muhit holatidan xavotirda.
Master-reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
⇒ Yangi hiyobonlar va jamoat bog‘lari yaratish, qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlarni ekish
⇒ Jamoat transportini modernizatsiya qilish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va sanoat obyektlarini yangilash
⇒ Yangi ekologik poligon qurish va chiqindilarni alohida yig‘ish tizimini tatbiq etish
⇒ Suvni tozalash tizimlarini yaxshilash va qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish
Manba: https://t.me/clearenergy/2722
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati