2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Xitoyda uglerod izini boshqarish
  • 12.03.2025
  • 10

Xitoy 2060-yilga borib uglerod neytralligiga erishish strategiyasi doirasida 2027-yilgacha uglerod izini boshqarish tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Xitoyning Ekologiya va atrof-muhit vazirligi uglerod chiqindilarini o‘lchash bo‘yicha standartlarni belgilovchi tizimni ishlab chiqdi. Hozirgi vaqtda ro‘yxatda 100 ga yaqin mahsulot mavjud bo‘lib, kelajakda u kengaytirilishi mumkin.

Dastlab ushbu standartlar ko‘mir va tabiiy gaz kabi yuqori uglerod chiqindilariga ega mahsulotlarga, shuningdek po‘lat va elektromobillar kabi eksport mahsulotlariga qo‘llaniladi.

Kompaniyalar o‘z chiqindilarini kuzatib borish va hisobot berish majburiyatiga ega bo‘ladi, hukumat esa chiqindilarni kamaytirish uchun rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar va qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi.

Manba: https://t.me/clearenergy/2713

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati