2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
«Yashil belgi» ekologik markalash tizimi ishga tushiriladi
  • 06.03.2025
  • 15

O‘zbekistonda mahsulotlar va xizmatlarga mo‘ljallangan yagona ixtiyoriy ekologik markalash tizimi – «Yashil belgi» joriy etiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 20-yanvardagi «Mahsulotlar va xizmatlar uchun ixtiyoriy ekologik markalash tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Tizimning maqsadlari:

Ekologik jihatdan afzal mahsulotlarni ta’minlash
♦ Barcha jarayonlarning shaffofligi va aniq bo‘lishi
♦ Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini qo‘llab-quvvatlash

Ishlab chiqaruvchilar nimani  bilishi lozim?

♦ Markalash mahsulotlarning butun hayotiy siklini qamrab oladi
♦ Muvofiqlikni baholashni vakolatli yuridik shaxslar amalga oshiradi
♦ Ekologik markirovka belgisini tegishli sertifikatsiz ishlatish taqiqlanadi

Ushbu tashabbus O‘zbekistonda atrof-muhitini himoya qilish va yashash sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Manba: https://t.me/clearenergy/2708 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati