2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparati kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 25.03.2025
  • 71

Konferensiyada 24 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova va Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Abdullayevlar ishtirok etishdi.

Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparati kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparati kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati  “qoniqarli” deb baholandi.

“O‘zbekiston MET” AJ markaziy apparati boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i Dustiyarov Erkin Musurmonovich  hamda  Iqtisodiy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Tursunov Umid Zakirjonovichni  nomzodlari taklif etildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra Dustiyarov Erkin Musurmonovich  — 20 ta ovoz berildi, Tursunov Umid Zakirjonovichga— 4 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra 20 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi etib Dustiyarov Erkin Musurmonovich  saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 15 nafar delegat ham saylandi.

Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Markaziy boshqaruv apparatining yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari belgilab olindi.

“O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparati

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati