2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi: Elektr energiyasini bir soatga o‘chiring — tabiat haqida qayg‘uring
  • 24.03.2025
  • 65

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chirish tavsiya etiladi. Maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

Qadrli yurtdoshlar! Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz.

Manba: https://gov.uz/oz/eco/news/view/41608 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati