2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“Energomaxsusavto” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 20.03.2025
  • 22

“Energomaxsusavto” filialida 2025-yilning 20-fevral kuni boshlang‘ich kasaba uyushmasi hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 16 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi orinbosari N.Abdullaevlar ishtirok etdilar.

Konferensiyani Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “Energomaxsusavto” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Energomaxsusavto” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati  “qoniqarli” deb baholandi.

“Energomaxsusavto” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan xisobchi  Toleshova  Aysulu  Saduaxasovna  hamda   muxandis  XX  Qayumov  Dilshod  Xusanovich  nomzodlari taklif etildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra Toleshova  Aysulu  Saduaxasovnaga — 14 ta ovoz berildi, Qayumov  Dilshod  Xusanovichga  — 2 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra 14 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib xisobchi  Toleshova  Aysulu  Saduaxasovna  saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 1 nafar delegat ham saylandi.

Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.

 

“Energomaxsusavto” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati