2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Dadajon ISAQULOV: Barchangizni Navro‘z — umumxalq bayrami bilan qutlayman! Bayramni yorug‘ yuz, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olaylik!
  • 20.03.2025
  • 61

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar!

Barchangizga bahor bayrami — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Tun bilan kun tenglashadigan sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, energetika sohasi vakillarini, xususan Aksiyadorlik jamiyatimizning ishchi-xodimlarini samimiy muborakbod etaman!

Qadrli do‘stlar!
Shu kunlarda yurtimizning barcha go‘shalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘rib ko‘z quvonadi.

Aziz hamkasblar!
Jamiyatimizning ahil jamoasi bahor ayyomi — Navro‘zi olamni yorug‘ yuz, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda.

⚡️ Aksiyadorlik jamiyatimiz 2025-yilgi rejalarni sharaf bilan bajarish uchun tun-u kun mehnatda.

Yana bir bor barchangizni Navro‘z — umumxalq bayrami bilan qutlayman. Bahor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!


   
Hurmat bilan,
Dadajon Isaqulov

Veb-sahifaFacebookInstagram

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati