39-sonli “Kulob” saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga saylangan deputat Dadajon Aynaqulovich Isaqulov Xo‘jayli tumanida joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabi binosida “Jana-Jap” ovul fuqarolar yig‘ini fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Dadajon Isaqulov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda “Jana-Jap” OFY raisi Yuldash Xalmuratov, “Jana-Jap” OFY Xotin-qizlari faoli Sharafat Shinbergenova, shuningdek, Qoraqalpog‘iston “Agro-Pilla” tashkiloti rahbari va Xo‘jayli tumani deputati Rahatoy Urazimbetova, Xo‘jayli tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, Xo‘jayli tumani deputati Abduhalikov Tavakkal, Ekologiya partiya Xo‘jayli tumani raisi Gulnora Sariyeva, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov va 7 nafar ovul oqsoqollari hamda murojaat bilan kelgan bir nechta fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda ovul ayollariga yangi ish o‘rinni yaratish — Xo‘jayli tumani “Agro-pilla” tashkiloti tomonidan qurilishi bitkazilmagan obyektni taʼmirlab, ipak qurti boqish kabi mavsumiy ish uchun ovul ayollariga mehnat sharoiti yaratish; Buyuk Ipak yo‘li A-380-sonli magistral yo‘lning temiryo‘l kesishmasidagi yo‘l o‘tkazish inshootini taʼmirlash; ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash; elektr taʼminoti barqarorligi uchun yangi transformatorlar o‘rnatish, mavjud yaroqsiz va qo‘lbola usulda qurilgan simyog‘ochlarni zamonaviy temir-beton simyog‘ochlarga almashtirish; shu bilan birga, hududda ishsizlik masalasi, mehnat tajribasi bo‘lmagan fuqarolarga kasb-hunar o‘rgatish, tomorqalarni suv bilan taʼminlash va tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish; aholi vakillari uzog‘ini yaqin qilish maqsadida suv havzasi ustidan piyodalar o‘tishiga mo‘ljallangan ko‘prik qurish va boshqa o‘nlab ijtimoiy-maishiy masalalar muhokama etildi.
Deputat Dadajon Isaqulov Xo‘jayli tumani Agro-pilla tashkiloti tomonidan qurilishi boshlangan, ammo turli sabablarga ko‘ra qurilishi bitkazilmay qolgan obyektni borib ko‘rdi, sayyor qabulda mazkur masalani ko‘targan “Jana-Jap” OFY raisi Yuldash Xalmuratov va “Jana-Jap” OFY Xotin-qizlari faoli Sharafat Shinbergenova hamda bir nechta faol fuqarolar ishtirokida mazkur obyektni yangi ish o‘rinlari yaratish uchun qanday tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etish kerakligini muhokama etdi. Mazkur masalani o‘rganish maqsadida Xo‘jayli tumani hokimi va boshqa mutasaddi tashkilotlarga Deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.
Navbatdagi tashrif “Jan-Qo‘ng‘irad” mahallla fuqarolar yig‘ini turg‘uni Qo‘ylibayeva Guliston, Ametova Davlat va boshqa ko‘cha faollari nomidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Tasli-jap kanali ustidan vaqtincha foydalanish uchun ko‘prik qurish mo‘ljallangan manzil borib o‘rganildi.
❗️ Deputat Isaqulov Tasli-jap kanalini shaxsan ko‘zdan kechirib, bu masala xavfsizlik choralari yuzasidan tegishli tashkilotlardan ruxsat olib amalga oshirilishi mumkinligini bildirdi. O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Xo‘jayli tumani tashkiloti raisi Gulnora Sariyevaning mazkur murojaat yuzasidan bildirgan masalani video-izoh orqali murojaat etgan fuqarolarga tushuntirish berib o‘tdi.
⇒ Eslatib o‘tamiz, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi F—18-sonli farmoyishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay va Xo‘jayli tumanlarida bo‘lib, sayyor qabul o‘tkazgani va «Kambag‘allikdan farovonlik sari» shiori ostida amalga oshirilayotgan manzilli ishlar — aholi tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etgan holda aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yana-da faollashtirish orqali 2025-yil Navro‘z umumxalq bayramini va muborak Ramazon oyini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida joylarda "dolzarb bir oylik" safarbarlik dasturi doirasida bir nechta fuqarolar yashash manzilida o‘rganishlar o‘tkazgan edi.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati