2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yangiyer shahrida Energetika vazirligining sayyor qabuli o‘tkazildi
  • 20.03.2025
  • 28

Kecha, 18 mart kuni Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi “Navro‘zobod” va “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida Energetika vazirligining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda hududdagi jismoniy va yuridik shaxslar, elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari vakillari qatnashdi.

Qabul jarayonida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yuzasidan yuzaga keladigan masalalar tanqidiy o‘rganildi.

Shuningdek, energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi hamda iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash yuzasidan muammolar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Hududlar bo‘ylab sayyor qabullar davom etmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/15455 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati