2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati xodimlari magistral yo‘l bo‘yida «Yashil belbog‘» bog‘ini yaratmoqdalar
  • 19.03.2025
  • 43

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son «Respublikada yashillik darajasini yana-da oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoniga muvofiq mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yashil belbog‘» tadbiri davom ettirilib, Bo‘ka tumani hududidagi magistral transport yo‘liga tutash maydonga navbatdagi bosqich — 4 ming dona terak ko‘chatini ekish amalga oshirilmoqda.

"Yashil makon" dasturiga asosan ekilgan manzarali va mevali daraxtlarni hozirgi kunda parvarishlash ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, Aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi magistral elektr tarmoqlari filial xodimlari tomonidan energetika obyektlarining bo‘sh yotgan yerlarga ham eng kamida 300 donadan terak ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.

⇒ Eslatib o‘tamiz, ertaga Toshkent viloyati, Parkent tumani, Changi hududining 5 gektar joyga 2,5 ming tup bodom daraxti ko‘chati o‘tqaziladi.

FacebookInstagram  ♦ YouTube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati