2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
"Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 19.03.2025
  • 110

"Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialida 2025-yilning 19-mart kuni kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaga saylangan 26 nafar delegatdan 23 nafar delegat, taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlar, Filial direktori  Axmedov O‘tkir Ergashovich, Filial bosh muxandisi Kuvatov Olmasbek Umirzakovich , shuningdek,  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Jahongirovna, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Neʼmatjon Ozodovichlar ishtirok etdilar.

Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotlari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020 yildan 2025 yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baxolandi.

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma tashkiloti raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Filial Kimyolaboratoriya guruhi yetakchi muxandisi Yuldasheva Sevara Abduraxmanovna, Filial O‘ta kuchlanishdan himoyalash va izolyatsiya guruhi yetakchi muxandisi Begmanov Nurmuxammad  Maxsudovich  nomzodlari taklif etildi.

Yopiq ovoz berish natijasiga ko‘ra Yuldasheva Sevara Abduraxmanovnaga 23 ta ovozdan 14 ta ovoz berildi, Begmanov Nurmuxammad  Maxsudovichga 23 ta ovozdan 8 ta ovoz berildi.  Yopiq ovoz berish natijalariga ko‘ra 14 ta ovoz bilan Kasaba uyushma tashkiloti raisi etib Filial Kimyolaboratoriya guruhi yetakchi muxandisi Yuldasheva Sevara Abduraxmanovna qayta saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma tashkiloti va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi.

"Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali

FacebookInstagram  ♦ YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati