2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qirgiziston Respublikasi hududida joylashgan hamda Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tgan 500 kV kuchlanishli magistral elektr tаrmoqlаri nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 19.03.2025
  • 84

“Fаrg‘onа magistral elektr tarmoqlari” filiаli bosh muhаndisi boshchiligidа tuzilgan Ishchi guruh Farg’ona viloyati hududidan o‘tgan, uzunligi 585,76 kilometrdan iborat magistral elektr tаrmoqlаrini texnik-muhаndislik nazorat ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

Xususan, Filial ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan va Aksiyadorlik jamiyati mas’ul boshqarmasi tasdiqlagan ko‘rik-jadvalga asosan havo tarmog‘ining 539,362 km qismi, yani

♦ 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari – 262,192 km;
♦ 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari –  214,13 km;
♦ 110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari – 63,04 km

nazorat ko‘rigidan otkazilmoqda.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

⚡️ 500 kV kuchlanishli L–525 elektr uzatish tarmog‘ining 46,4 km qismi Qirgiziston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lib, mazkur liniya 2025-yil 19–20-mart kunlari nazorat ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan va bugun tongdan ushbu amaliyotni amalga oshirish ishlari boshlandi.

Shu bilan bir qatorda elektr uzatish havo tarmoqlarini texnik-muhandislik ko‘rikdan o‘tkazish davrida qo‘shni Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tgan L–503 havo elektr tarmog‘ini teplovizor nazoratidan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda. Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chorali amalga oshirilmoqda.

 

FacebookInstagram  ♦ YouTube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati