2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 18.03.2025
  • 55

"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida 2025-yilning 18-mart kuni kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaga saylangan 30 nafar delegatdan 22 nafar delegat, taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlar, Filial direktori v.b. Mengliyev Safar Aʼzamovich, Filial Kapital qurilish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Namazov To‘ra Soatovich, shuningdek,  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Jahongirovna, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Neʼmatjon Ozodovichlar ishtirok etdilar.

Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotlari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baxolandi.

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma tashkiloti raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Filial yetakchi xisobchisi Orziqulov Bahrom Turayevich, Filial yetakchi iqtisodchisi Saidov Xaidqul Sanginboyevich nomzodlari taklif etildi.

Ochiq ovoz berish natijasiga ko‘ra Orziqulov Bahrom To‘rayevichga 22 ta ovozdan 12 ta ovoz berildi, Saidov Xaidqul Sanginboyevich ga 22 ta ovozdan 9 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra 12 ta ovoz bilan Kasaba uyushma tashkiloti raisi etib Filial yetakchi hisobchisi Orziqulov Bahrom To‘rayevich qayta saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma tashkiloti va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi.

Filial kasaba uyushma aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat saylandi. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma tashkilotining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali

FacebookInstagram  ♦ YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati