⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Bundan tashqari, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Namangan viloyatida mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Sardor”, “Obi-hayot” va “Qizilravot” podstansiyalarida olib borilayotgan nazorat ko‘riklari hamda nazorat ko‘riklarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni aks etgan.
Jumladam, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari 220 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasidagi 250 megavoltamper to‘la quvvatga ega AT-3-avtotransformatorida joriy taʼmirlash — reaktorni almashtirish ishlarini bajarishmoqda.
Shuningdek, ta’mirlash-sozlash jarayonida malakali mutaxassislar yosh mutaxassislarga ustoz-shogird an’analariga muvofiq o‘zining tajriba ko‘nikmalarini o‘rgatib borishmoqda.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati