❗️UMUMIY TALABLAR:
1️⃣ Iqtisodiyot, moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (diplom mutaxassisligi bo‘yicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob);
2️⃣ Yirik davlat korxonalarida va Iqtisodiy sohalarda ichki audit, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq bir yoki bir nechta bo‘limlarda yoki tashqi auditor lavozimlarida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
3️⃣ Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi;
4️⃣ Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit tamoyillariga ega bo‘lishi;
5️⃣ Xizmat safarlariga tayyor bo‘lishi;
6️⃣ Komplayens-tavakkalchilikni boshqarish nazariyasini bilishi;
7️⃣ “Katta to‘rtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lishi,
➕Shu bilan birga, “ACCA”, “CFA”, “CPA” “CIA”, “CIPA”, “DipIFR”, “CRM” yoki “FRM” sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga Komissiya tomonidan ustunlik taqdim etilishi mumkin.
8️⃣ Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (Davlat auditi DM, MS Office, Microsoft Excel, Microsoft Power Point) mukammal darajada ishlay olishi.
9️⃣ O‘zbek tilini mukammal, rus va boshqa chet tillarini o‘rta darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
❗️ LAVOZIM MAJBURIYATLARI:
♦ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktyabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida”gi Nizomda belgilab o‘tilgan majburiyatlarni bajarishi va shu bilan birga;
♦ ichki audit xizmatining kuzatuv kengashi oldidagi hisobdorligi hamda ijro etuvchi organdan mustaqilligini ta‘minlash mexanizmlarini ishlab chiqishi;
♦ amaldagi xalqaro standartlarga muvofiq tavakkalchilikka asoslangan ichki auditga o‘tish rejasini ishlab chiqish va kuzatuv kengashiga taqdim etishi;
♦ Aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvini minimallashtirish uchun ichki hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi;
♦ tavakkalchilikni boshqarish va komplayens bo‘limlari hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
♦ aksiyadorlar bilan birgalikda xos biznes jarayonlarni va risklarni aniqlash, tahlil qilish va baholashi;
♦ samarali ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha rahbariyatga maslahat berishi.
⇒ Ichki audit миллий standartlarida hamda ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasida belgilangan tartibda ichki audit tadbiri davomida tayyorlangan hujjatlar, audit usuli natijalari, bayonnomalar, dalolatnomalar, maʼlumotnomalar, ko‘rsatmalar, hisobot, taklif va tavsiyalar, tahlillar, chora-tadbir rejalarini tayyorlashi;
➕ Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-66-15
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
⇒ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
“O‘zbekiston MET” AJ Kuzatuv kengashiga hisobdor Ichki audit xizmati boshlig‘iga TALABNOMA
“O‘zbekiston MET” AJ Kuzatuv kengashiga hisobdor Ichki audit xizmati auditorlariga TALABNOMA
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati