⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Bundan tashqari, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Jizzax viloyatida mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Jizzax”, “Saribozor” va “DNS-2” podstansiyalarida olib borilayotgan nazorat ko‘riklari hamda nazorat ko‘riklarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari aks etgan.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati