Yodingizda bo‘lsa, 2020-yil 30-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Yig‘ilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etilgan, maktablar nafaqat taʼlim maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual markazi bo‘lishi zarurligi taʼkidlangan edi.
Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidlangan, eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yo‘nalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanishi belgilab berilgandi.
Jumladan, kasb-hunarga o‘rgatish uchun mehnat taʼlimi, yaʼni texnologiya fanini takomillashtirish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish uchun turli soha vakillari bilan ijodiy va texnik-muhandislik g‘oyalarni eʼtirof etishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish tavsiya etilgandi.
Darhaqiqat, maktablar bilim bilan birga tarbiya, maʼnaviyat maskani hamdir. Davlatimiz rahbari bu ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni keng jalb qilish, taʼlim-tarbiya masalalar hammadan, maktab direktoridan boshlab Bosh vazirgacha bo‘lgan barcha bo‘g‘indagi rahbarlardan yuksak masʼuliyat va yuqori darajadagi javobgarlikni talab qilishni zarurligini alohida taʼkidlab o‘tgandi.
Barchamizga maʼlum, iqtisodiyotni rivojlanishida o‘rta bo‘g‘in kadrlarining o‘rni alohida hisobga olinadi va ishlab chiqarish, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida ishchi kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan ehtiyoj juda yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etadi. Anʼanaviy taʼlim shaklida o‘quvchi/talaba oliy yoki professional taʼlim muassasasida nazariy bilimlarni ko‘proq egallab, amaliyot qismini juda oz soatlarda korxona va tashkilotlarda o‘taydi.
Taʼlim-tarbiya maskanlarida energetika sohasiga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirish, isteʼmol madaniyatini yuklaltirish, o‘quvchi-talabalarga energetika sohasiga oid islohotlar va bu murakkab jarayonda erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar, istiqboldagi rejalar bilan bo‘lishish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari turli o‘quv muassasalarida “mahorat darslari” o‘tib kelmoqda.
Aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-saytida “Tarmoq ilmiy-texnik kengashi” deb nomlangan maxsus rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda shu yo‘nalishdagi xabar va yangiliklar eʼlon qilib boriladi.
Eʼtiboringizga shunday tadbirlardan tayyorlangan maʼlumotnomalar va ularning elektron havolasini taqdim etamiz:
26.09.2019 — ENERGIYA TEJAMKORLIGI: DOLZARB MAVZUGA MAKTAB O‘QUVCHILARI BEFARQ EMAS!
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/87
29.01.2021 — 29-yanvar kuni “ENERGO-IT” filiali xodimlari иштирокида "Davlat tilida ish yuritish asoslari" fani bo‘yicha mahorat darsi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/708
25.02.2021 — MAHORAT DARSI: salomlashishning 7 ta muhim odobi
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/764
26.02.2021 — MAHORAT DARSI: O‘zbekiston ва o‘zbek xalqining tarixiga oid 5 ta qiziqarli lavha
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/768
11.09.2024 — Ayni paytda professor-o‘qituvchi hamda talabalar иштирокида «mahorat darsi» bo‘lib o‘tmoqda
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5576
02.07.2024 — «O‘zbekiston миллий электр tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi, MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatgan energetik D.A.Isaqulov yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun "mahorat darsi" o‘tib berdi.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5394
11.09.2024 — Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov oliy taʼlim muassasasida «mahorat darsi» o‘tib berdi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5578
11.09.2024 — uza.uz — Dadajon Isaqulov: “Yoshlar bilim-tajriba orttirishda doim chanqoq bo‘lishi lozim”
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5582
19.11.2024 — Oliy o‘quv muassasasida bugungi kun dolzarb mavzulari yuzasidan «mahorat darsi» o‘tib berildi
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5811
16.10.2024 — Energiya samaradorligi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi (O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi)
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5696
http://uznada.uz/uz/news/2024/10/14/energiya-samaradorligi-yasidan-davra-suhbati-bolib-otdi
14.10.2024 — Energiya tejamkorligi ва samaradorligi: Energiya resurslaridan oqilona foydalanish — davr talabi (Raqamli texnologiyalar vazirligi)
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5681
25.07.2024 — Tejamkorlik – energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy omili (Transport vazirligi)
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5484
Yaqinda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv “Energiya – bu hayot” deb nomlandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha vakillari ishtirokida o‘tgan mazkur tadbir Toshkent shahri, Yunusobod tumanida joylashgan 17-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida tashkil etildi.
Unda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha maslahatchisi Orif To‘xtashev, Elektr energiyasini texnologik sarflarini hamda energiya oqimlarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i Salim Eshonqulov, Ekologiya, ijtimoiy va yer munosabatlari masalalari bo‘limi boshlig‘i, Aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi Azizbek Botirov va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan energiya tejamkorligi, quyosh panellarining afzalliklari, “Aqlli uy” va “Aqlli shahar” loyihalariga oid o‘quvchi yoshlarning innovatsion ishlanmalari, shamol energiyasidan xo‘jalik (oila, muassasa) miqyosida foydalanish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar maketlari hamda energiya samaradorligi va tejamkorligiga oid turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.
17-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan o‘zbek va rus tilidagi sahna ko‘rinishlari tadbir ishttirokchilarida katta taassurot qoldirli. Tadbirda yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmasi faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha vakillari o‘quvchi-murabbiydar hamda energetika tizimi tashkiloti vakillarga o‘z minnatdorligini bildirishdi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati