⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Bundan tashqari, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 110 va 220 kV kuchlanishli podstansiyalarning ochiq taqsimlash qurulmalari hamda elektr uzatish tarmoqlarida olib borilayotgan nazorat ko‘riklari hamda nazorat ko‘riklarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari aks etgan.
⚡️ Mutaxassislar metall konstruksiyali tayanch ustunlarni mustahkamlash, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirish, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirish kabi amaliyotlar bilan band.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati